» » O‘zbekistonlik yosh aktyorlar Londonda “Hamlet”ni namoyish etadi

O‘zbekistonlik yosh aktyorlar Londonda “Hamlet”ni namoyish etadi


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, institut bitiruvchilari va o‘qituvchilaridan iborat ijodiy guruh 13-aprel kuni Londonga gastrol safariga otlandi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekistondagi Britaniya kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbek tilidagi “Hamlet” spektakli 15-aprel kuni Rouz Bruford kolleji sahnasida xalqaro teatr simpoziumi doirasida taqdim etiladi. Shu kunning o‘zida O‘zbekistonning Britaniya elchixonasida ham katta tadbir doirasida “Hamlet” spektakli namoyish etiladi.

Britaniya kengashi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Rouz Bruford kolleji hamkorligida o‘zbekistonlik talabalar britaniyalik rejissyor Jon Taker rahbarligida akademik o‘quv dasturi doirasida o‘zbek tilida “Hamlet” spektaklini sahnalashtirdi.

Mazkur dastur San’at va madaniyat instituti hamda Rouz Bruford kolleji o‘rtasidagi uch yillik hamkorlik natijasidir. Aktyorlarni tayyorlash, xususan, Shekspir matni bilan ishlashning xalqaro tajribasiga tayangan holda sahna mahorati va ovozni sozlash saboqlarini o‘zida jamlagan integrallashgan yondashuv o‘z mevasini berdi.

Sahnalashtirish jarayoni o‘z ichiga barcha bosqichlarni — kasting, repetitsiyalar, spektakl premerasi va O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab turni o‘z ichiga oldi. Sahnalashtirishning mazkur muhim bosqichlari ayni yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturini modernizatsiyalash jarayoni bilan uyg‘unlashdi.

Spektakl dastlab O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida muvaffaqiyatli namoyishidan so‘ng mamlakat bo‘ylab qo‘yildi. Mana endi talabalar, institut bitiruvchilari va o‘qituvchilaridan tashkil topgan “Hamlet” ijodiy jamoasi jahon sahnasida — Britaniyada spektaklni namoyish etishga yo‘l oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют