» » Nigeriyada neft solingan avtosisterna portlashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada neft solingan avtosisterna portlashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi


Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Gombe shtatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Manbaga ko‘ra, avtosisternaning portlashi Bomal ko‘prigida yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida sodir bo‘lgan.

“Halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, 15 kishi jarohatlandi”, — deb tasdiqladi politsiya matbuot kotibi Meri Malum manbaga bergan intervyusida.

Ta’kidlanishicha, ushbu hududda sodir bo‘lgan portlash oqibatida elektr toki uzilib qolgan, sisterna elektr uzatish tarmoqlariga shikast yetkazgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lganidan so‘ng darhol voqea joyiga qutqaruv xizmati yetib kelgan. Shtat gubernatori portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlarning barchasiga ma’muriyat kompensatsiya to‘lashini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют