» » “Liverpul” Saloh super gol urgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lub etib, APL peshqadamligini qaytarib oldi (video)

“Liverpul” Saloh super gol urgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lub etib, APL peshqadamligini qaytarib oldi (video)


12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 34-turining markaziy bahsi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda “Liverpul” klubi Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning 51-daqiqasida mersisaydliklar hujumchisi Sadio Mane Jordan Henderson uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib misrlik Muhammad Saloh uzoq masofadan Kepa Arrisabalaga darvozasini ishg‘ol qildi (2:0).

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari o‘z maydonida “aristokratlar” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritib, g‘alabaga erishdi. Natijada “qizillar” musobaqa jadvalida 85 ochko jamg‘arib, “Manchester Siti”ni quvib o‘tib, yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Ayni damda “shaharliklar” hisobida 83 ochko mavjud.

APL

34-tur bahsi

14-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 51 Mane, 2:0 — 53 Saloh

“Liverpul”: Alisson, Aleksandr-Arnold, Matip, Van Deyk, Robertson, Fabinyo, Keyta (Veynaldum, 66), Henderson (Milner, 77), Firmino, Saloh (Shaqiri, 90), Mane

“Chelsi”: Kepa, Aspilikueta, Ryudiger (Kristensen, 40), David Luiz, Emerson, Kante, Jorjinyo, Loftus-Chik (Barkli, 75), Hadson-Odoi (Iguain, 56), Villian, Azar

Ogohlantirish: Aspilikueta (44)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют