» » RPL. Eldor Shomurodovning goli “Rostov”ga “Spartak” ustidan g‘alabani taqdim etdi (video)

RPL. Eldor Shomurodovning goli “Rostov”ga “Spartak” ustidan g‘alabani taqdim etdi (video)


14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya premyer ligasining 23-turida “Rostov” jamoasi o‘z maydonida “Spartak”ni qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 13-daqiqada mezbon jamoa vakili Aleksandr Gatskan tomonidan ochildi. 27-daqiqada esa moskvaliklar futbolchisi Roman Zobnin hisobni tenglashtirdi (1:1).

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Aleksey Ionov o‘rniga O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov maydonga tushirildi. 80-daqiqada esa aynan Shomurodov “Rostov”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi (2:1).

Mazkur natijadan so‘ng “Rostov” ochkolari sonini 35 taga yetkazib oldi. Jamoa ayni damda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Rossiya chempionati

23-tur bahsi

14-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 13 Gatskan, 1:1 — 27 Zobnin, 2:1 — 80 Shomurodov.

“Rostov”: Pesyakov, Chernov, Logashov, Sigurdsson, Parshivlyuk, Yeremenko, Gatskan, Popov (Sigurdarson, 78), Normann, Ionov (Shomurodov, 63), Glebov (Zuyev, 77).

“Spartak”: Maksimenko, Bokketti, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Glushakov (Fernando, 81), Zobnin, Melgarexo (Lomovitskiy, 73), Melkadze, Luis Adriano, Ze Luish (Xanni, 38).

Ogohlantirishlar: Parshivlyuk (28), Glebov (45), Logashov (56), Yeremenko (61), Bokketti (64), Melkadze (77).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют