» » A Seriya. “Inter” va “Napoli” safarda g‘alaba qozondi

A Seriya. “Inter” va “Napoli” safarda g‘alaba qozondi


14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 32-turi doirasida navbatdagi 6 ta o‘yin yakunlandi.

Yevropa Ligasi 1/4 finalining ilk o‘yinida “Arsenal”ga imkoniyatni boy bergan (0:2) “Napoli” mehmonda “Kyevo”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa a’zolari Kalidu Kulibali (15 va 81) hamda Arkadiush Milik (64) kiritgan gollarga “Kyevo” himoyachi Boshtyan Sesarning urgan yagona goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa neapolliklar safarda kechgan bahsda “Kyevo” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Luchano Spalletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi “Frozinone” bilan o‘ynadi.

Bellashuvning 19-daqiqasida Milan klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan Danilo D’Ambrozio uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 37-daqiqaga kelib xorvatiyalik Ivan Perishich raqib darvozasini penaltidan ishg‘ol qildi (2:0). 61-daqiqada esa mezbon jamoa az’osi Franchesko Kassata Samir Handanovich darvozasiga gol urdi va hisobni qisqartirdi (2:1). 2-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada (90+3) milanliklarning yana bir yarim himoyachisi Matias Vesino ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:1).

Shu tariqa “Inter” mehmonda kechgan bahsda “Frozinone”ni taslim qildi (3:1).

A Seriya

32-tur bahslari

14-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 52 Zaza, 1:1 — 78 Pavoletti

Gollar: 1:0 — 3 Defrel, 2:0 — 53, penalti, Kvalyarella

Gollar: 0:1 — 15 Kulibali, 0:2 — 64 Milik, 0:3 — 81 Kulibali, 1:3 — 90 Sesar

Gollar: 0:1 — 19 Nainggolan, 0:2 — 37, penalti, Perishich, 1:2 — 61 Kassata, 1:3 — 90+3 Vesino

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют