» » Bugun “Monako” — “Manchester Siti” va “Atletiko” — “Bayer”. UzReport jonli efirda Fransiyaga ulanadi

Bugun “Monako” — “Manchester Siti” va “Atletiko” — “Bayer”. UzReport jonli efirda Fransiyaga ulanadi


Bugun — 15-mart kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘llanma beruvchi so‘nggi ikki chipta o‘ynaladi.

Fransiyada “Monako” klubi “Manchester Siti”ni qabul qilsa, Madridda “Atletiko” hamda “Bayer” klublari o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Tomonlarning dastlabki o‘yinlarida “Siti” hamda “Atletiko” klublari zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi. Manchester shahrida “Monako” 5:3 hisobida taslim qilingan bo‘lsa, Madrid klubi Leverkuzenda 4:2 hisobida g‘olib chiqqandi.

Shundan kelib chiqilsa, bugun qayd etiladigan 2:0 hisobidagi g‘alaba “Monako” uchun foydali, biroq “Bayer”ga kamlik qiladi. Demak nisbatan olib qaraganda Monakodagi o‘yin o‘z intrigasini saqlab turibdi. UzReport telekanali shundan kelib chiqib 00:45 dan boshlab “Monako” — “Manchester Siti” uchrashuvini namoyish qiladi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar chorak finalga “Real Madrid”, “Bavariya”, “Borussiya Dortmund”, “Barselona”, “Lester” hamda “Yuventus” klublari yo‘llanma olgandi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют