» » Guaydo Venesuelada Kuba va Rossiya harbiylarining ishtirokini bosqinchilik deb atadi

Guaydo Venesuelada Kuba va Rossiya harbiylarining ishtirokini bosqinchilik deb atadi


Rossiya va Kuba armiyasi Venesuelaning hududida bo‘lishi noqonuniydir, sababi ularning kirishi respublika parlamenti tomonidan tasdiqlanmagan, deya xabar beradi “TASS”.

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo “Klarin” gazetasiga bergan intervyusida ushbu bayonotni ilgari surgan.

“Venesuelada Maduro ruxsat bergan Rossiya va Kuba noqonuniy harbiy aralashuvi mavjud. Ammo faqatgina parlament chet el aralashuviga yoki harbiylar kirishiga ruxsat berishi mumkin”, — deydi u.

Guaydoning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat Venesueladagi inqirozni hal qilish uchun hech qachon harbiy yo‘lni ko‘rmagan. Uning fikricha, faqatgina Nikolas Maduro harbiy aralashuv ehtimoli haqida o‘ylaydi.

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar Venesuelaga respublika konstitutsiyasiga qat’iy rioya qilgan holda kelgan. Zaxarova ta’kidlaganidek, “Venesuelada rossiyalik mutaxassislarining borligi Rossiya Federatsiyasi va Venesuela hukumati o‘rtasida 2001-yil may oyida imzolangan harbiy texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv bilan tartibga solinadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют