» » Liviyada qurbonlar soni 147 kishini tashkil qildi

Liviyada qurbonlar soni 147 kishini tashkil qildi


Liviyadagi janglarda halok bo‘lganlar soni 147 kishiga yetdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Mamlakatdagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 614 nafar jabrlanganlar bor.

Qayd etilishicha, Tripolida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jarrohlik guruhlari joylashtirilgan.

Avvalroq, Tripolida yuz bergan to‘qnashuvlarda 25 kishi halok bo‘lganligi xabar qilingandi.

Liviyada marshall Xalifa Xaftar qo‘mondonligidagi mamlakat milliy armiyasi hamda Fayz Saraj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati kuchlari to‘qnashgan.

4-aprel kuni Xaftar shaharga yurish boshlanganini e’lon qilgan, 7-aprelda esa Liviya hukumati kuchlari Xaftar qo‘shiniga qarshi harakat boshlanganligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют