» » “Liverpul” 7 yil davom etgan noxush an’anasiga barham berdi

“Liverpul” 7 yil davom etgan noxush an’anasiga barham berdi


14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 34-turining markaziy bahsida “Liverpul” klubi o‘z maydonida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Mersisaydliklar “Chelsi” bilan kechgan so‘nggi 5 ta o‘yindan iborat muvaffaqiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi (2 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang). “Qizillar” London klubini 2016-yilning sentabr oyidan buyon yutolmay kelayotgandi. O‘shanda mersisaydliklar mehmonda “Chelsi” ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Shu bilan birga “Liverpul” jamoasi “Enfild”da bo‘lib o‘tgan “Chelsi”ga qarshi 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozonolmay kelayotgandi — 3 ta mag‘lubiyat va 5 ta durang. “Liverpul” uy uchrashuvida oxirgi marta 2012-yilning may oyida “Chelsi” ustidan g‘alabaga erishgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют