» » Toshkentda ayollarni reabilitatsiya qilish markazining Sergeli-Yakkasaroy bo‘linmasi ochildi

Toshkentda ayollarni reabilitatsiya qilish markazining Sergeli-Yakkasaroy bo‘linmasi ochildi


Toshkent shahrida ayollarni reabilitatsiya qilish markazining Sergeli-Yakkasaroy tumanlararo bo‘linmasi ochildi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu markaz zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.

Reabilitatsiya markazida ayollar ruhshunos, ijtimoiy soha mutaxassislari hamda huquqshunos yordamini olishlari mumkin.

Bugunga qadar shu kabi reabilitatsiya markazlarining Shayxontohur-Olmazor, Bektemir-Mirobod-Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek-Yunusobod tumanlararo bo‘linmalari tashkil etilgan. Endilikda Uchtepa-Chilonzor tumanlararo bo‘linmasini ham tashkil etish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют