» » Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 19-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Avvalroq Murodjon 26-aprel kuni navbatdagi jangi uchun ringga ko‘tarilishi ma’lum qilingandi. Biroq bokschining promouterlari biroz oldinroq muddatda jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kelishuvga ko‘ra, 19-aprel kuni Ahmadaliyev birinchi yarim yengil (-53,42 kg) vazn toifasida NABF yo‘nalishi chempioni, eng nufuzli yo‘nalish WBC jahon chempionligi uchun jang o‘tkazgan meksikalik Karlos Karlsonga (23 ta g‘alaba, 14 ta nokaut, 5 ta mag‘lubiyat) qarshi ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Karlson 2017-yilda WBC chempionlik kamari uchun jangda yaponiyalik Shinsuke Yamanakaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют