» » G‘oibnazarovning murabbiyi: “Fazliddinga kuchli raqib so‘rab charchadik”

G‘oibnazarovning murabbiyi: “Fazliddinga kuchli raqib so‘rab charchadik”


Joriy yilning 11-may kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov (7 ta jang, 7 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Fazliddin sakkizinchi jangida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tariladi. Eslatib o‘tamiz, yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev Foksga qarshi jang o‘tkazgandi va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. “Olamsport” mazkur jang borasida Fazliddinning murabbiyi Abror Tursunpo‘latov bilan bog‘lanib, bir nechta savollarga javob oldi.

“Fazliddinning raqibini men ham, uning o‘zi ham bugun bildik. Bizga promouterlar bu xabarni yetkazdi. Kim bilan jang tashkil qilib bersa, o‘sha bokschi bilan jangga tayyorgarlik ko‘ramiz, ringga chiqamiz. Hozir Tusondamiz, Maykl Foksga qarshi jang ham shu shaharda o‘tkaziladi.

Foks Shohjahon Ergashevga yutqazgandi. Raqibni jiddiy tarzda o‘rganyapmiz. Uning bo‘yi Fazliddindan 25 santimetrcha balandroq. Birgina noqulaylik tug‘diradigan jihati ham shu. Ochig‘i, promouterlardan kuchli raqib so‘rab charchadik. Mayli, bu jangda g‘alaba qozonib olsa, reytingda ancha ko‘tarilib oladi. Keyingi janglari kuchli bokschilarga qarshi kechadi”, — deydi Fazliddinning murabbiyi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют