» » O‘z qo‘llarimiz bilan sham yasaymiz

O‘z qo‘llarimiz bilan sham yasaymiz


Qo‘lda qilingan mayda uy jihozlari sizning nozik didingizni namoyon qilish bilan birga uyni juda fayzli qilib ko‘rsatadi. Agar siz hech qachon suvenir yasab ko‘rmagan bo‘lsangiz, sizni ishontirib aytamizki – bu unchalik qiyin bo‘lmagan juda yoqimli mashg‘ulot.

Shamlar – bu kezi kelganda har qanday oilaviy bayramlarga a’lo kayfiyat bag‘ishlovchi ajoyib suvenir hisoblanadi.

Shamlarni tayyorlashda sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

-mum yoki parafin (oddiy xo‘jalik shami ham bo‘ladi);

-paxta ip yoki muline;

-suvli hammom uchun kastryul;

-mumni eritish uchun idish;

-shamlar uchun formalar (tunuka, shisha yoki plastik);

-piliklarni mahkamlash uchun yog‘och cho‘plar (1 ta sham formasi uchun = 1 dona cho‘p).

Tayyorlash:

Har bir forma markaziga paxta iplarni joylashtiring. Ipning yuqoridagi uchini yog‘och cho‘pga mahkamlang.

Qaynoq suv solingan kastryul ichiga mumli idishni qo‘ying. Mumni past olovda va tez-tez aralashtirgan holda eriting.

Forma tagiga kamroq eritilgan mum quying va pilikning pastki uchini to‘g‘rilab oling. Mumning qotishi va pilik mahkamlanishini kutib turing.

Formalarni qolgan mum bilan to‘ldiring. Bir sutkadan so‘ng, shamlar to‘liq sovigandan va qotgandan keyin piliklarning ortiqcha uchlarini qirqib tashlang. Tayyor bo‘lgan shamlarni ishlatishdan oldin kamida 1-2 kun salqin joyda saqlang.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 15:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют