» » “Surxon” klubi yangi logotipli bo‘ldi. Uning muallifi uyalib, ismini ko‘rsatmasliklarini mukofot deb bildi

“Surxon” klubi yangi logotipli bo‘ldi. Uning muallifi uyalib, ismini ko‘rsatmasliklarini mukofot deb bildi


1968-yilda paydo bo‘lgani aytilgan “Surxon” futbol klubi o‘zining yangi logotipini taqdim etdi. Bir oy ilgari bu borada tanlov e’lon qilingan bo‘lib, klub rahbariyati chizilgan ishlar orasidan o‘zi uchun eng ma’qulini tanlab oldi.

Yangi logotip Toshkent kimyo texnologiya institutining II bosqich talabasi Azamat Umarov tomonidan ishlangan. “Surxon” futbol klubi shundoq ham ko‘rinib turgan manzara haqida uzun hikoya qilgan. Aytilishicha, qadimiy va hamisha navqiron shaharning bosh tarixiy obidasi — Imom Al-Hakim At-Termiziy logotipda aks etgan.

Logotip muallifi o‘zining Twitter sahifasida qolgan ishlarini ham taqdim etib, uning tagiga “Surxonga taklif qilgan logolarim. Eng tuftasini o‘zlari tanlashdi-ya”, deb izoh qoldirgan. “Surxon” futbol klubi rahbariyati nima sababdan eng tufta logotipni afzal bilgani ochiqlanmagan.

Keyinroq Azamat Umarov “Men buni boshqacharoq chizgandim. Lekin o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishgan. Yana uyalmay, Azamat Umarov deb yozib qo‘yishdi”, deya tushuntirish bergan. Chizilgan logotip uchun sovrin berildimi degan savolga esa “Bilmasam… Shu ismimni yozishmasa shuni o‘zi sovrin edi…”, deya javob bergan.

Ma’lumot uchun, sovrin haqida so‘ragan Twitter foydalanuvchisi Abdurahim Mansurov ham “Surxon” futbol klubi uchun logotip tanlovida ishtirok etgan va quyidagi ishlarni klub rahbariyatiga topshirgan. Biroq ular tanlovda mag‘lub bo‘lgan.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют