» » Zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga kiyimlari orasida olib o‘tishga uringan fuqaro ushlandi

Zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga kiyimlari orasida olib o‘tishga uringan fuqaro ushlandi


Qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S. zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishning yangi usulini o‘ylab topdi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq holatlarga o‘z vaqtida chek qo‘ymoqda.

Xususan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S. zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishning yangi usulini o‘ylab topdi.

Ushbu shaxs ustma-ust kiygan kiyimlari orasiga sellofan paketga o‘rab tikib qo‘yilgan, bojxona nazoratidan yashirilgan hamda deklaratsiyalanmagan umumiy og‘irligi 263,47 gramm bo‘lgan kumush metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют