» » Toshkentda ayrim korxonalar nomiga xorijdan noqonuniy keltirilgan mahsulotlar ushlab qolindi

Toshkentda ayrim korxonalar nomiga xorijdan noqonuniy keltirilgan mahsulotlar ushlab qolindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish kabi bir necha qoidabuzarlik holatlarini o‘z vaqtida fosh etdi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, poytaxtda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuklar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, yuklar orasida bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 6 million so‘mlik 150 dona ayollar sumkasi yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuklar tekshirilganda bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 7800 dona jomadon qismlari borligi aniqlandi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 52 million so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, mamlakatdagi korxona nomiga keltirilgan “Suv nasoslari” tovari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 61 million so‘mlik 800 dona elektr motorlari uchun uch fazali avtomatlar, boshqaruv qutisi hamda alyumin profillari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют