» » Xalq ta’limi vazirligi Baxmaldagi mahalla idorasida ijarada bo‘lgan maktab haqida ma’lumot berdi

Xalq ta’limi vazirligi Baxmaldagi mahalla idorasida ijarada bo‘lgan maktab haqida ma’lumot berdi


Xalq ta’limi vazirligi “Kun.uz” saytida e’lon qilingan “Baxmaldagi maktab o‘quvchilari MFYdan ijaraga olingan xonalarda o‘qimoqda” nomli maqola bo‘yicha rasmiy axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, maqolada Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 29-maktabning mahalla fuqarolar yig‘inidan vaqtincha olingan deb keltirilgan xonalari aslida maktab balansidagi ikkinchi bino bo‘lib, mahalla idorasi maktabga tegishli binodan foydalanib kelmoqda.

Bino ikkita ta sinfxona va bitta yordamchi xonaga ega. Maktablar 11 yillik ta’limga o‘tgach, noqulayliklarning oldini olish uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi va maktab rahbariyatidan mazkur o‘quv binosini bo‘shatish to‘g‘risida murojaatlar bo‘lganligiga qaramay, mahalla idorasi haligacha chiqib ketmagan.

Maktab ikkita o‘quv binosidan iborat bo‘lib, birinchi o‘quv binosi loyiha asosida 2007-yilda qurilgan bo‘lib, binoda oltita ta o‘quv sinfxonasi, bitta kimyo-biologiya laboratoriyasi va bitta informatika xonasi bor.

Qayd etilishicha, tuman xalq ta’limi bo‘limi shu paytgacha amal qilib kelgan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturini shakllantirish tartibiga ko‘ra, taklifni bergan. Ammo dasturga kiritilmagan.

“Maktabning yaroqsiz holatga kelgan sport zali 2020—2024-yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarining sport inshootlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dastur doirasiga kiritilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют