» » “Arsenal” mehmonda g‘alaba qozonib, APL jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

“Arsenal” mehmonda g‘alaba qozonib, APL jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)


15-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 34-turining so‘nggi o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Uotford” maydoniga safar qildi.

Bellashuvda yagona gol 10-daqiqada “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang tomonidan kiritildi. Shu tariqa londonliklar mehmonda kechgan bahsda “Uotford”dan kichik hisobda ustun keldi (1:0) va 66 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

34-tur bahsi

“Uotford”—“Arsenal” 0:1

“Uotford”: Foster, Yanmat, Kabasele, Ketkart, Mazina (Sema, 86), Femeniya (Saksess, 59), Kapu, Dukure, Hyuz, Dini, Grey.

“Arsenal”: Leno, Mustafi, Mavropanos (Gunduzi, 59), Kosyelni, Monreal, Torreyra (O‘zil, 46), Jaka, Mxitaryan, Remzi (Meytlend-Naylz, 68), Ivobi, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Kapu (54), Hyuz (86).

Chetlatish: Dini (11).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют