» » Yuzni quyosh nurlaridan himoya qiling, aks holda ...

Yuzni quyosh nurlaridan himoya qiling, aks holda ...


Haqiqatan ham quyosh nurlari ta‘sirida terida turli sepkil va dog‘lar paydo bo‘layotganini kuzatish mumkin.

Aytishlariga qaraganda, bu dog‘lar asosan bahorgi quyosh nurlari ostida paydo bo‘lar ekan. Ammo ba‘zi hollarda yuzdagi dog‘lar biror bir kasallikning xabarchisi ham bo‘lishi mumkin.

Sepkillar qanday paydo bo‘ladi?

Sepkillar ilmiy tilda efelidalar deb ataladi va ko‘proq oq-sariqdan kelgan, olov rangli soch va ko‘k ko‘z sohib va sohibalarida uchraydi. Buning sababi esa irsiyatga borib taqaladi. Ayniqsa, bahor va yoz oylarida quyosh nurlari ostida yuzdagi sepkillar rangi to‘qlashib, soni ortib ketadi. Ilk sepkillar bola 3-5 yoshga yetganda paydo bo‘ladi va ayniqsa, balog‘at yoshida ular ko‘payadi. Yuzingizda sepkil bo‘lsa, unutmangki, erta bahordan to kech kuzgacha teringizni parvarishlab, o‘zingizni oftob nurlaridan asrab yurishingiz lozim.

Yuzda paydo bo‘ladigan turli dog‘lar

Pigment dog‘lar terida turli kattalikda, shaklda va och sariq rangdan tortib jigarranggacha rang kasb etadi. Asosan peshana, burun qanotlari, chekkalarda, labning yuqori qismida, jag‘larda, ya‘ni ochiq oftob nuri tushadigan qismlarda hosil bo‘ladi. Quyosh nurlari o‘tkirlashgan bahor oylarida bu dog‘lar anchayin qorayib, ko‘zga yaqqol ko‘rina boshlaydi. Qish oylarida esa umuman yo‘qolib ketishi ham mumkin.

Shuningdek, ayollarda homiladorlikning ilk oylarida paydo bo‘lib, tug‘ruqdan keyin o‘tib ketadi. Ammo ba‘zi hollarda ketmasligi ham mumkin. Chunki yuzdagi bu dog‘lar jigar, o‘t pufagi yoki oshqozon-ichak tizimi kasalliklari va shu bilan birga, gormonal konraseptiv dorilar ta‘sirida yuzaga kelgan bo‘lishi ham mumkin. Ba‘zan yuzdagi dog‘lar endokrin tizim buzilishlariga ham ishora qiladi.

Qanday vositalardan foydalangan maqul?

Terini yorqinlashtiruvchi kunduzgi krem teri yorqinlashuvining zamonaviy yondashuvi hisoblanadi. Uning tarkibidagi dorivor o‘simliklar va C vitamini terining to‘q pigmentini shakllanishini oldini oladi. Samarali Ultra-binafsha filtrlari (SPF-20) terini Ultra-binafsha nurlaridan himoya qiladi va terida har xil to‘q dog‘lar va sepkillarning paydo bo‘lishini oldini oladi. Terining optik va yordamchi yoritilishi oq nilufar, miyori (glitsirrizin) ekstrakti ta‘siri tufayli hosil bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu krem mavjud pigmentli dog‘lar va sepkillarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, terining rangini bir tekisda yorqinlashtiradi va yaxshilaydi, terining erta qarishini oldini oladi.

Shuningdek, Biocon brendi yuz muammolari uchun boshqa ko‘plab yechimlarni ham taqdim etadi.

Xususan:

Biocon brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sizning yuz teringizga o‘zgacha jilo bag‘ishlab, o‘z-o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni qayta tiklashingizga yordam beradi. Sifati va ta‘siri kafolatlangan.

Telefonlar:

+998 91 790-01-05;

+998 91 797-01-05;

+998 95 142-08-01;

+998 97 703-28-73;

+998 95 143-08-01.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют