» » Toshkentda atom energetikasi bo‘yicha axborot markazi ochiladi

Toshkentda atom energetikasi bo‘yicha axborot markazi ochiladi


Joriy yilning may oyida Toshkent shahrida atom energiyasi bo‘yicha axborot markazi ochiladi. Bu haqda Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tayotgan XI “Atomekspo” forumida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi huzuridagi “Rusatom — xalqaro tarmoq” sohaviy tarmog‘i prezidenti Aleksandr Mertenning ma’lum qilishicha, bunday axborot markazlari  atom stansiyasi va boshqa obyektlarga ega bo‘lgan mamlakatlar hududida tashkil etiladi.

“Aholiga atom texnologiyalari, yadroviy tibbiyot rivojiga hissa qo‘shuvchi zamonaviy yondoshuvlar hamda yadroviy texnologiyalardan qishloq xo‘jaligi rivojida foydalanish haqida ma’lumot berish maqsadida biz turli mamlakatlarda axborot markazlari ochishga harakat qilamiz. Ana shunday markazlardan biri may oyida Toshkentda ochilishini ma’lum qilishdan xursandman.

O‘zbekiston aholisiga yadroviy texnologiyalar haqida to‘g‘ri ma’lumot berish, atom energetikasi atmosferaga CO2 ajralib chiqishi kamayishi hisobiga sayyorani saqlab qolishga ko‘maklashishini tushuntirish juda muhim”, — deydi Aleksandr Merten jurnalistlar bilan suhbatda.

Atom energiyasi bo‘yicha axborot markazlariga ushbu sohaga qiziqish bildirgan istalgan yoshdagi insonlar tashrif buyurishi va ma‘lumot olishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “Rosatom” butun dunyo bo‘ylab aholiga atom energetikasi haqida ma’lumot berish maqsadida axborot markazlarini tashkil qilib kelmoqda. Bunday markazlar soni hozirgi kunda 22 tani tashkil etadi. Ulardan 16 tasi Rossiyada, 6 tasi esa dunyoning boshqa mamlakatlarida joylashgan. O‘zbekistonda ish boshlashi kutilayotgan axborot markazi esa tartib bo‘yicha 23-markaz bo‘ladi.

Mertenning so‘zlariga ko‘ra, “yadroviy energetikadan qo‘rqishga hojat yo‘q, sababi u istalgan turdagi boshqa generatsiyadan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi”.

“Butun dunyoda atom energetikasini yashil energetika deb tushunishadi”, — deya qo‘shimcha qiladi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют