» » Uels Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan chiqqan taqdirda mustaqillik haqidagi referendum masalasini ko‘rib chiqadi

Uels Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan chiqqan taqdirda mustaqillik haqidagi referendum masalasini ko‘rib chiqadi


Uels Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan chiqqan taqdirda mustaqillik haqidagi referendumni o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda millatchi Uels partiyasi yetakchisi Leanne Vud ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Leanne Vudga ko‘ra, Uelsdagi saylovlarda u yetakchilik qilayotgan millatchi partiya g‘alaba qozongan taqdirda, Britaniya orollari g‘arbidagi mazkur mintaqa xalqiga o‘z kelajagini belgilash imkonini taqdim etish lozim.

Shotlandiya hukumati tomonidan mustaqillik haqidagi ikkinchi referendum o‘tkazish rejasining e’lon qilinishi Buyuk Britaniya hukumatining Shotlandiya manfaatlarini tan olishni istamasligi Birlashgan Qirollik davlat sifatida barham topishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Bu vaziyatda Uels o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Leanne Vud, “Playd Kamri” partiyasi yetakchisi

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjenga mintaqa mustaqilligi masalasida ikkinchi referendumni o‘tkazish huquqini bermasligi bildirilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют