» » Xalq ta’limi vazirligi: Toshkentdagi maktabda 2-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Xalq ta’limi vazirligi: Toshkentdagi maktabda 2-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi internet nashrlarida e’lon qilingan “Maktabda janjal: Toshkentda direktorning qarindoshi o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklayapti” jurnalistik surishtiruviga izoh bildirdi.

Joriy yilning 19-martida Uchtepa tumanidagi 245-umumta’lim maktabida 2-“V” sinf o‘quvchisi A. A. sinf rahbari N.T. doskaga chaqirgan. O‘quvchining javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qo‘liga urgan. Shu kuni o‘quvchining onasi maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Abdullayevga farzandi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

Maktabning O‘TIBDO‘ G‘.Abdullayev sinf rahbari va o‘quvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida o‘quvchining onasi ushbu holat yuzasidan e’tiroz bildirmasligini ma’lum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan.

Lekin o‘quvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida, 1-aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan surishtiruv olib borgan.

Sodir bo‘lgan holat maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida 2019-yilning 1-aprel kuni o‘tkazilgan ishlab chiqarish yig‘ilishida muhokama etildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.T. bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. O‘quvchi A.A. onasi D.Kadirovaning arizasiga ko‘ra 2-“V” sinfidan 2-“B” sinfiga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют