» » Anjelina Joli familyasini o‘zgartirdi

Anjelina Joli familyasini o‘zgartirdi


Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Bred Pitt bilan rasman ajrashgach, ikkitali Joli-Pitt familyasidan ozod bo‘ldi. U endi yana barcha hujjatlarda Anjelina Joli deb qayd qilinadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

12-aprel kuni sud Anjelina Joli va Bred Pittning ajrim da’vosini ma’qullab qaror chiqargan. Shu bilan birga, ushbu qaror sobiq er-xotinlarning bola qaramog‘i va mulkni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha ishlashiga imkon beradi. Bu jarayon bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.

Joli va Pitt 2014-yil turmush qurgan edi. Nikoh marosimi Fransiyadagi Miraval saroyida bo‘lib o‘tgan. Birga yashagan payti juftlik 3 nafar farzand ko‘rgan. Bundan tashqari yana 3 nafar farzand asrab olgan. 2016-yil Joli ajrashish uchun ariza bergan. U turmush o‘rtog‘ining tarbiya metodlaridan norozi bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatgan. Aktrisa farzandlarini bir o‘zi tarbiyalashni xohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют