» » Toshkentda “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmining taqdimoti o‘tkaziladi

Toshkentda “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmining taqdimoti o‘tkaziladi


Joriy yilning 19-aprel kuni soat 18:00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi o‘tkaziladi, bu haqda “Azon.uz” xabar qiladi.

Mazkur film “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Abduxalil Mignarov tomonidan yaratilgan.

Filmda hijriy uchinchi, milodiy to‘qqizinchi asrdagi tarixiy davr tasvirlanadi. Bu vaqtda Movarounnahrda ilm va ma’rifat yuksak darajada rivojlangan edi. Muhaddislik ilmi ham misli ko‘rilmagan darajada ravnaq topgan. Mana shu davrda musulmon olamidagi taniqli olti hadisnavisdan biri — Imom Abu Iso Muhammad Termiziy dunyoga keladi. Filmda uning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida hikoya qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 19:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют