» » O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari uchun maxsus qo‘llanma chop etiladi

O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari uchun maxsus qo‘llanma chop etiladi


Toshkentning Mirobod tumanidagi 34-maktabgacha ta’lim muassasasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari boshqarma boshliqlari va ma’naviy-ma’rifiy soha mas’ullari uchun “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy tarbiya masalalari” mavzusida respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi, bu haqda O‘zA xabar beradi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda vazirlikning tizimda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda “Ma’naviyat kuni”ni tashkil etish borasidagi tashabbusi mazmun-mohiyati tushuntirildi. Unga ko‘ra, haftaning har juma kuni maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat kuni” deb belgilanganligi va bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar aniqlashtirildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, axloqiy tarbiya masalalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan va jismonan rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining metodik ta’minotini takomillashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

“Ma’naviy tarbiya har tomonlama yetuk, salohiyatli, go‘zal xulqli, erkin fikrga ega bo‘lgan barkamol shaxsni kamol toptirishdir. Bu masala yuzasidan Markazimiz tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va ota-onalar uchun “Baxtli bola ma’naviyati” nomli kitob nashr etilmoqda. Qo‘llanma respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Zero, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muomala madaniyati, intellektual salohiyati farzandlarimiz ma’naviy olamida muhim ahamiyatga egadir. Bola bog‘chadan insoniy fazilatlarni, milliylikni, o‘zbekona urf-odat va qadriyatlarni o‘rgansa, kelajakda Vataniga sodiq, mamlakat taraqqiyotiga daxldor, fidokor, mehnatkash inson bo‘lib yetishadi”, — deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi Feruza Azimova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют