» » Xitoylik yigit sevgilisiga uy o‘rniga 33 tonnali tosh sovg‘a qildi

Xitoylik yigit sevgilisiga uy o‘rniga 33 tonnali tosh sovg‘a qildi


Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Urumchi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir million yuan (159 ming AQSh dollari)ga 33 tonnali tosh sotib olib sevgan qiziga dil izhori qildi. Bu haqda Sina portaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Voqea 14-mart, seshanba kuni bo‘lgan. Lyu Fey ismli yigit to‘rt yillik sevgilisi — Van Fanfanning qo‘lini so‘ragan. Bunda u sevgilisiga nikoh uzugi bilan 33 tonnali tosh sovg‘a qilgan. Kolleksioner toshni meteorit deya sotgan.

Sina’ning yozishicha, yigit ushbu tosh uchun suyuklisiga uy olib berishga yig‘ib yurgan million yuanini sarflab yuborgan. Van Fanfan bir yil avval toshni kolleksionerda ko‘rganida u yoqqanini aytganidan keyin Lyu Fey toshni sotib olishga qaror qilgan. Shundan so‘ng u nikoh uzugi bilan birga toshni sovg‘a sifatida olib borgan.

Bizning sevgimiz shu tosh kabi uzoq va mustahkam bo‘ladi.

Lyu Fey

Ta’kidlash joizki, qiz yigitga turmushga chiqishga rozi bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют