» » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha Speedtest ro‘yxatida pastladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha Speedtest ro‘yxatida pastladi


Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti 2019-yil mart oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

O‘zbekiston mart oyidagi mobil internet tezligi bo‘yicha 9,49 Mbit / s bilan bir pog‘ona pastlab 139 talik ro‘yxatdan 127-o‘rinni egalladi.

Simli tezlik bo‘yicha esa 11,81 Mbit / s tezlik bilan esa 178 talik ro‘yxatning 131-pog‘onasida joylashdi:

Norvegiya reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha (67,54 Mbit / s), Singapur esa simli tezlik (199,62 Mbit / s) bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Speedtest tezlikni hisoblab chiqadi va ma’lum bir mamlakatning tashrif buyuruvchilaridan kelgan o‘zining ma’lumotlariga asoslanib reyting yaratadi. Sayt oyiga 150 milliondan ziyod kishi tashrif buyuradigan internet tezligini aniqlash bo‘yicha asosiy servislardan biri sanaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют