» » Turkiyada “Yil davlat arbobi” deb topilgan Shavkat Mirziyoyev, Samarqand va Qashqadaryodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari, Farg‘onada 15 ming dollarga pullangan “shifobaxsh” ko‘rshapalak uyasi va kunning boshqa xabarlari

Turkiyada “Yil davlat arbobi” deb topilgan Shavkat Mirziyoyev, Samarqand va Qashqadaryodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari, Farg‘onada 15 ming dollarga pullangan “shifobaxsh” ko‘rshapalak uyasi va kunning boshqa xabarlari


16-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada “Yil davlat arbobi” deb topildi.

Turkiyaning “Ipakyolu” strategik tadqiqotlar markazi va Broadcasting group tomonidan tashkil etilgan marosimda Turkiya dunyosiga qo‘shgan hissasi uchun bir qancha siyosatchi, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.

***

Farg‘onada ko‘rshapalak uyasini saraton kasaliga davo deb, fuqaroni 15 300 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi.

Uni aldab, qurilish materialidan ishlangan narsani “ko‘rshapalak uyasi” deb bergan. Evaziga uning 15 300 dollar (125 583 012 so‘m) pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

***

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan katta avtomobil yo‘li kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida o‘pirilib tushdi.

15-apreldan 16-aprelga o‘tar kechasidan boshlab yoqqan yomg‘ir oqibatida Samarqand shahrining bir qator ko‘chalari qatorida ayrim mahallarini ham suv bosdi.

***

Toshkent hududi kengaytiriladi: Zangiotadagi O‘zgarish qishlog‘i Sergeli tumani tarkibiga o‘tkazildi.

O‘tkaziladigan qishloqda 4 ta MFY (“Pastdarxon”, “Yuqoridarxon”, “Chorbog‘”, “Bog‘zor”) mavjud bo‘lib, hududi 428 gektarni tashkil etadi.

***

Toshkentda uch opa-singilning o‘limida aybdor deb topilgan shifokor to‘liq oqlandi.

O‘tgan yilning oktabrida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi shifokori 34 yoshli Nodir To‘laganov Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют