» » Dehlidan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchi shokolad plitkalari orasida gashish olib o‘tishga urindi

Dehlidan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchi shokolad plitkalari orasida gashish olib o‘tishga urindi


“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari narkotik moddalarni yashirin ravishda olib kirishga uringan shaxsni fosh qildi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Poytaxt aeroportida “Dehli—Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan yo‘lovchilardan biri S.N.ning bagaji belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yuklar orasidagi plitkali shokolad bojxonachilar diqqatini tortdi.

Gap shundaki, gashish giyohvandlik moddasining rangi va ko‘rinishi shokoladga o‘xshashligi bois, ushbu shaxs bojxona xodimlari ko‘zini shamg‘alat qilib, bo‘laklangan plitkali shokoladlar orasiga bir bo‘lak gashishni ham joylashtirib, olib o‘tishga uringan ekan. Uning og‘irligi 2,52 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют