» » YChL. Messi va Koutinyoning super gollari “Barselona”ga “Manchester Yunayted” ustidan yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (video)

YChL. Messi va Koutinyoning super gollari “Barselona”ga “Manchester Yunayted” ustidan yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (video)


16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob o‘yinlari doirasida “Barselona”—“Manchester Yunayted” bahsi yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada Leo Messi tomonidan ochildi. Leo “Yunayted” himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, chiroyli gol muallifiga aylandi. 20-daqiqa kelib Leo jarima maydonchasi tashqarisidan kuchsizroq zarba yo‘lladi, biroq David de Xea qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Hisob — 2:0. Mezbonlar foydasiga. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Filippe Koutinyo uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa “Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar yarim finalda “Liverpul”—“Portu” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

YChL

1/4 final bahsi

16-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutinyo.

“Barselona” – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelyof, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsial (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).

Ogohlantirish: Suares (77).

Birinchi bellashuv — 1:0. Umumiy hisob — 4:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют