» » Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy Samarqandga keldi (foto)

Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy Samarqandga keldi (foto)


Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy Buxoro ziyoratini yakunlab, Samarqand sari yo‘l oldi. Bu haqda “Islom.uz” xabar bermoqda.

Mehmon ziyoratni Imom Buxoriy yodgorlik majmuasidan boshladi. Bu yerda Qur’on tilovat qilindi.

So‘ngra muftiy majmua yonida tashkil etilgan hadis ilmi maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida unga maktab faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ulug‘bek rasadxonasi ham ziyorat qilindi va mehmonlar uning boy tarixi bilan tanishtirildi.

Muftiyning safari imom Moturidiy ziyoratgohi bilan davom etdi.

Shundan keyin Xo‘ja Ahror Valiy majmuasi ziyorat qilindi va peshin namozi ado etildi.

Ta’kidlash joizki, mashhur olim yomg‘irli ob-havoga qaramay ziyorat safarlaridan mamnun ekanligini alohida qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют