» » IIBB Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilishi yuzasidan rasmiy axborot berdi

IIBB Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilishi yuzasidan rasmiy axborot berdi


Qator ommaviy axborot vositalari tomonidan Toshkentda “O‘lmas polk” (“Bessmertniy polk”) aksiyasi o‘tkazilishiga poytaxt IIBB yordam berishi haqida xabarlar tarqaldi.

IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “O‘lmas polk” aksiyasi, shu jumladan ko‘chalar bo‘ylab marsh o‘tkazilishiga hokimlik tomonidan ruxsat berilganligi haqida ma’lumot yo‘q.

Xabarda ta’kidlanishicha, boshqa huquq-tartibot idoralari qatorida Toshkent shahar IIBB, barcha bayramlarda belgilangan tartibga muvofiq qat’iy tartibda jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaydi.

“15-aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida ‘shaxsiy masala’ yuzasidan qabulga yozilgan, lekin ushbu aksiya haqidagi savol bilan murojaat qilgan Toshkent shahar fuqarosi Timur Ismoilov savoliga yuqorida qayd etilgandek javob olgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют