» » Leo Messi Chempionlar Ligasida ingliz klublariga gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Leo Messi Chempionlar Ligasida ingliz klublariga gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi  va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Mazkur uchrashuvda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi dublga erishdi (16 va 20-daqiqalar). Natijada uning Yevropa Chempionlar Ligasi 32 ta bahsida ingliz klublari darvozasiga urgan gollari soni 24 taga yetdi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, argentinalik “Arsenal” darvozasiga 9 ta gol urgan, “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda 6 ta golga mualliflik qilgan. 4 marta “Manchester Yunayted”, 3 marotaba “Chelsi” hamda “Tottenhem” darvozasini esa 2 marta ishg‘ol qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют