» » TATU qoshida AKT ilmiy-innovatsion markazi tashkil etiladi

TATU qoshida AKT ilmiy-innovatsion markazi tashkil etiladi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi” o‘rnida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi”ni tashkil etiladi.

Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 15-mart kuni imzolangan “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi

Mazkur markazning asosiy vazifalari sifatida iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlari uchun real ehtiyojlarni hisobga olib, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh, sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlarni yaratishga, eng avvalo, TATUda ta’lim olayotgan talabalarni keng jalb etish belgilandi.

Qarorga ko‘ra, markazda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari buyurtmalari asosida boshqaruv, ishlab chiqarish, biznes va boshqa yo‘nalishdagi jarayonlarni avtomatlashtirishni tizimli va ilmiy tahlil qilish, ularning modellarini hamda algoritmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish mexanizmlari yaratiladi.

Markazda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, TATU talabalari, mutaxassislari va yosh ilmiy xodimlarini milliy dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalariga keng jalb etish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ham katta e’tibor qaratiladi.

Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, universitet qoshida Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Mazkur jamg‘armaning mablag‘lari mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatadigan kompaniyalar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovdan tushadigan mablag‘larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Jamg‘arma mablag‘laridan:

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют