» » “Real” va “Yuventus”ni Chempionlar Ligasidan “haydagan” “Ayaks” rekordlar qurshovida qoldi

“Real” va “Yuventus”ni Chempionlar Ligasidan “haydagan” “Ayaks” rekordlar qurshovida qoldi


16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida “Ayaks” “Yuventus” maydoniga safar qildi (2:1).

O‘yinning 28-daqiqasida turinliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi (1:0). 34-daqiqada kelib Amsterdam klubi a’zolari Donni van de Bek hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 67-daqiqada himoyachi Matteys de Ligt g‘alaba golini urdi.

Bu niderlandiyaliklarning joriy mavsum Yevropa Chempionlar Ligasidagi 31 hamda 32-gollari bo‘ldi. Shu tariqa klub mazkur musobaqadagi gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Qayd etish joiz, 1979/80-yilgi mavsumda “Ayaks” Yevrokuboklar doirasida 31 ta gol urgandi.

Shuningdek, De Ligt kiritgan to‘p niderlandiyaliklarning joriy mavsum barcha musobaqalardagi 155-goli bo‘ldi. Natijada klub 2009/10-yilgi mavsumda gollar soni bo‘yicha o‘rnatgan rekordini ham takrorladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют