» » Notr-Dam uchun bir milliard yevro yig‘ildi

Notr-Dam uchun bir milliard yevro yig‘ildi


Parij soborini tiklash maqsadida yig‘ilayotgan mablag‘ miqdori bir milliard yevroga yetdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Mablag‘lar asosan yirik kompaniyalar va ishbilarmonlar, shuningdek, Fransiyaning Madaniyat vazirligi tomonidan tanlab olingan to‘rtta jamoat fondi orqali kelib tushmoqda.

Hozirda Notr-Dam-de-Pari soborini tiklash uchun xayriya qilish mumkin bo‘lgan onlayn internet portal ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni Notr-Dam soboridagi kuchli yong‘in 12 soatdan ortiq davom etgan. Bino jiddiy zarar ko‘rgan: uning shpili, tomi va ustunlari qulab tushgan.

Yong‘inda ikki nafar politsiyachi va bitta o‘t o‘chiruvchi yaralangan, voqea joyida deyarli 400 kishi ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют