» » Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyati suv ta’minotini yaxshilashga 105 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyati suv ta’minotini yaxshilashga 105 mln dollar ajratadi


Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Chinoz tumanlarida suv ta’minoti tizmini tiklash va kengaytirish uchun 105 million dollar ajratadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Xabarda ta‘kidlanishicha, bu 220 mingdan ortiq kishini xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Toshkent viloyatining shahar va tumanlari suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha ikkinchi loyiha VU-1 mintaqaviy suv ta‘minoti tizimini qayta tiklash va takomillashtirishni moliyalashtirishga qaratilgan.

OTBning yordami smart-texnologiyalarni, shu jumladan ma’lumotlarni to‘plashda dispetcherlik nazorati, geografik axborot tizimi, billingni yaxshilash va kirimni ko‘paytirish uchun hisoblagichlarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют