» » Yekaterinburgda O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi gazdan zaharlanib vafot etdi

Yekaterinburgda O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi gazdan zaharlanib vafot etdi


2019-yil 17-aprelga o‘tar kechasi Rossiyadagi Yekaterinburg shahrining qurilish obyektlaridan birida kelib chiqishi surxondaryolik bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib, “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan. Konsullik markazi halok bo‘lganlar haqida ma’lumotni ham taqdim etgan:

- Mengtoshev Shuhrat Uralovich, 22.08.1989-yilda tug‘ilgan;

- Qurbonov Akbarali Saidmurodovich, 23.11.1995-yilda tug‘ilgan;

- Ziyadullayev Ulug‘bek Olimjonovich, 18.11.1998-yilda tug‘ilgan;

- Choriyev Isroil Ravshanovich, 18.10.1996-yilda tug‘ilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘zbekistonliklar 15-aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish obyektlaridan biriga ishga kirish uchun kelgan.

Ayni paytda vakolatli organlar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov oldi tadbirlari boshlangan.

Bosh konsulxona marhum o‘zbekistonliklarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va ma’lum qiladiki, O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingan hamda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют