» » Xorazmda fuqaroning familiyasini o‘zgartirib berish uchun pul talab qilgan FHDYo xodimasi ushlandi

Xorazmda fuqaroning familiyasini o‘zgartirib berish uchun pul talab qilgan FHDYo xodimasi ushlandi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumani FHDYo bo‘limi mudirasi M.A. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.Q.ning familiyasini o‘zgartirib berish evaziga dastlab 300 ming so‘mlik kanselyariya mollari va 100 ming so‘m pul olib, keyinchalik shu xizmati uchun yana 500 ming so‘m pul talab qilib, olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют