» » Toshkentda Vestminster xalqaro maktabi tashkil etiladi

Toshkentda Vestminster xalqaro maktabi tashkil etiladi


QHTBT portalida Hukumatning Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabini tashkil etish togrisidagi qarori loyihasi elon qilindi, bu haqda Normaxabar qiladi.

Quyidagilar TVXMning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari hisoblanadi:

iqtidorli bolalarni topish, tanlab olish va oqitish, oquvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, ilmiy-intellektual va ijodiy salohiyatini ochish;

gumanitar, tabiiy va aniq fanlar chuqur organilishini, xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ozlashtirilishini tashkil etish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda talim jarayoniga oquvchilarni oqitish va bilimini baholashning ilgor usullarini kiritish;

oquvchilarni kasbga yonaltirish, ularda yetakchilik konikmalari va notiqlik sanatini rivojlantirish;

xuddi shunday mahalliy va xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni yolga qoyish.

TVXM masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat orta talim tashkiloti boladi.

Maktabdagi oquv-uslubiy dastur va talim jarayonini Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda boshqa yetakchi xorijiy umumtalim va oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda yuritish rejalashtirilmoqda.

Ingliz tilida, tolov-kontrakt asosida talim beriladi, bitiruvchilarga esa talim olganligi togrisida davlat namunasidagi hujjat (guvohnoma, attestat) bilan birga yetakchi xorijiy oliy talim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) diplomini berish rejalashtirilmoqda.

TVXM quyidagilarning mablaglari hisobiga moliyalashtiriladi:

uning muassislari va tolov-kontrakt asosida oqish haqini tolashdan kelib tushadigan;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar, shu jumladan xorijiy hamkorlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Loyihada maktab uchun bir qator soliq imtiyozlari ham nazarda tutilgan.

Loyiha ozgartirilishi, unga qoshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-04-2019, 20:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -