» » Putin Time nashrining “Dunyoning eng nufuzli kishilari” ro‘yxatiga ketma-ket ikkinchi marta kira olmadi

Putin Time nashrining “Dunyoning eng nufuzli kishilari” ro‘yxatiga ketma-ket ikkinchi marta kira olmadi


Time jurnali 2019-yil uchun dunyoning eng nufuzli 100 nafar insonlarining ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Introducing the 2019 #TIME100 https://t.co/1WeH62z2pQ pic.twitter.com/iBKrhSl9D0

— TIME (@TIME) April 17, 2019

Yangi reytingda o‘tgan yilgi kabi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yo‘q. Undan avval esa u 6 marta reytingdan joy olgan edi.

Reytingning “Rahbarlar” kategoriyasida yetakchilikni AQSh Kongressi Palata spikeri, demokrat Nensi Pelosi qo‘lga kiritgan. Undan tashqari ushbu guruhga AQSh prezidenti Donald Tramp, Venesuela muxolfiat partiyasi yetakchisi Xuan Guaydo, ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjan Imin hamda AQSh Kongressining eng yosh ayol a’zosi Aleksandriya Okasio-Kortes kirgan.

Shuningdek, 2019-yilgi reytingda kanadalik aktrisa Sandra O (“Ehtiros anatomiya”), amerikalik kurashchi va aktyor Dueyn Jonson, amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift, misrlik futbolchi Muhammad Salox ham bor.

Time jurnali 1999-yildan boshlab har yili eng nufuzli shaxslar ro‘yxatini tuzadi.

Shuningdek, jurnal “Yil odami” nominatsiyasini ham taqdim etadi. Putin ushbu unvonni ikki marta qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют