» » 1-maydan chiqariladigan Humo kartalari, O‘zbekistonning kamaygan valyuta zaxiralari, Peru sobiq prezidentining o‘limi va kunning boshqa xabarlari

1-maydan chiqariladigan Humo kartalari, O‘zbekistonning kamaygan valyuta zaxiralari, Peru sobiq prezidentining o‘limi va kunning boshqa xabarlari


17-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekistonda “Humo” kartalarini chiqarish joriy yil 1-maydan boshlanadi.

Hozirda sinov tartibida Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari uchun bir nechta karta chiqarildi.

Ulardan aprel oyi oxiri, may oyi boshlaridan boshlab foydalanish mumkin bo‘ladi.

***

O‘zbekiston valyuta zaxiralari yil boshidan buyon ilk bor kamaydi.

O‘tgan oyda mamlakatning oltin zaxiralari 400 million dollarga kamaygan.

1-aprel kuni mamlakatning valyuta zahiralari 26,9 milliard dollarni tashkil etgan. Ularning 14,4 milliard dollari monetar oltindir.

***

Peruning sobiq prezidenti vafot etdi.

U korrupsiyada ayblangani uchun politsiya uni hibsga olmoqchi bo‘lgan. Ammo sobiq prezident aybini tan olmagan.

Alan Garsiyaning uyiga politsiya borganida u o‘z joniga qasd qilishga urinib, komaga tushib qolgan edi.

***

Davlat boshqaruvi akademiyasi xodimlari ham Toshkentda doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘ldi.

Hukumat qarori (317-son, 16.04.2019-y.) bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

***

O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun narxlar kamida 3 yil o‘zgarmaydi.

Hukumat qarori bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

2023-yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich o‘tiladi. 2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют