» » Toshkentda tahsil olayotgan iqtidorli va faol talabalarning shartnoma to‘lovlariga salkam 2 mlrd so‘m yo‘naltirildi

Toshkentda tahsil olayotgan iqtidorli va faol talabalarning shartnoma to‘lovlariga salkam 2 mlrd so‘m yo‘naltirildi


Yoshlar markazida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 552 nafar talabaga bir yillik shartnoma summasining 35 foiz miqdoridagi to‘lovlarni to‘lab berish va ularni maxsus sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari Oybek Rahmonberdiyev joriy o‘quv yilida ushbu imtiyozga ega bo‘lish uchun 1052 nafar talaba hujjat topshirganini bildirdi.

Ular orasidan 552 nafarining to‘lov shartnomasiga jami 1 milliard 933 million 644 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Sovrindor talabalarga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Imtiyozga eng munosiblarni saralashda talabaning oliy ta’lim muassasasida o‘rtacha o‘zlashtirishi 86 foiz va undan yuqori bo‘lishi, tashkilot tizimida amalga oshirgan ishlari, faolliklari, o‘z shaxsiy tashabbuslari bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissalariga alohida e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют