» » Toshkentning ikki tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning ikki tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi


Toshkent shahridagi ichimlik suvi tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi ayrim mahalla va obyektlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari olib boriladigan manzilgohlar sanasi va vaqti ro‘yxati:

18-aprel kuni 9:00 dan 19-aprelgacha bir sutka davomida Chilonzor tumanidagi “Charx Kamolon-1”, “Charx Kamolon-2”, “Charx Kamolon-3” mahallalari, 22-mehribonlik uyi, Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, T.To‘la ko‘chasi 16-, 18-uyda hamda Olmazor ko‘chasidagi 2-uyda;

18-aprel soat 23:00 dan 19-aprel 9:00 gacha “Bo‘rijar”, “Mevazor”, “Yakka tut”, “Xirmontepa”, “Kichik Xirmontepa” va “Shuhrat” mahallalarida, Al-Xorazmiy va Mashrab ko‘chalarida, Chilonzor 19, 20 va 20A dahalarida;

18-aprel kuni 9:00 dan 19-aprelgacha bir sutka davomida Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy, Rakatboshi ko‘chasi va Rakatboshi 3—9-tor ko‘chalarida, Sharshara ko‘chasi, tor ko‘chasi va berk ko‘chasida hamda “Turkiston” mehmonxona majmuasida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют