» » Toshkent viloyatida tomida suzish havzasi bor besh yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Toshkent viloyatida tomida suzish havzasi bor besh yulduzli mehmonxona qurilmoqda


Toshkent viloyati Parkent tumanida “Kumushkon taraqqiyot invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati sayyohlik majmuasini qurmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tog‘da, archazorda qurilayotgan besh qavatli mehmonxonaning tomida bino hududini egallagan suzishga mo‘ljallangan katta suv havzasi bo‘ladi. Bundan tashqari, mehmonlarni tog‘li hududga vertolyotda kutib olinadi va kuzatib qo‘yiladi.

“Viloyatimizda sayyohlikni rivojlantirish borasida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, – deydi Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti bo‘lib boshlig‘i Ziyod Yo‘ldoshev. – Avvalo servis xizmatlari va mehmonxonalar sifatiga alohida e’tibor berilmoqda. Ko‘plab mehmonxonalar qurilmoqda. Xususan, kelgusi ikki yilda 200 mehmonxonani foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. ‘Kumushkon taraqqiyot invest’ mas’uliyati cheklangan jamiyati qurayotgan mehmonxona ulardan biri bo‘lib, may oyida ishga tushishi kutilmoqda. Loyiha qiymati 26 milliard so‘m bo‘lgan bu binoda bir qator xizmatlarga e’tibor qaratilgan. Bunda sayyoh bir kecha tunashga emas, bir hafta yurishga majbur bo‘lsin, tamoyiliga amal qilingan. Sog‘lomlashtirish markazi, musaffo havo, hovlida mini stadion, shifobaxsh suv vannalari taklif qilinadi. Qisqasi, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan hech bir sayyoh bu yerda zerikmaydi. Qolgan mehmonxonlarda ham bu jihatiga e’tibor qaratilmoqda.”

Darhaqiqat, kelgusida besh yulduzli mehmonxona talablariga javob berishi kutilayotgan bu inshoot hovlisida barpo etilgan baliq ovi uchun mo‘ljallangan suv havzasi va uning yonidagi yozgi oshxonalar baliqxo‘rlar uchun zavqli bo‘ladi.

Ekstremal turizmga qiziquvchilar uchun esa hovlida maxsus attraksionlar tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют