» » General Electric O‘zbekistonda qariyb 390 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

General Electric O‘zbekistonda qariyb 390 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi


General Electric (GE) kompaniyasi 2017—2019-yillarda O‘zbekistonda sanoat va ijtimoiy-xo‘jalik uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 388 million dollarlik 13 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mazkur rejalar Amerika kompaniyasining O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi bilan imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumida o‘z ifodasini topgan. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjat GE vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollettning mart oyi boshida O‘zbekistonga uyushtirgan safari jarayonida imzolangan.

Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, GE “O‘zkimyomash” AJning Chirchiqdagi quvvatlarida neft-gaz uskunalarini (kompressor agregatlari, detander-generatorlar, yuqori bosimli nasoslar) ishlab chiqarish, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi bazasida injiniring markazi hamda Buxoro ta’mir-mexanika zavodida neft-gaz, energetika va kimyo sanoati uskunalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis markazini tashkil etishni maqsad qilgan.

Amerika kompaniyasining mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) hududlariga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Jumladan, “Navoiy” EIZda — fotoelektr panellari, sanoat va xo‘jalik invertorlar, “Angren” EIZda — o‘lchov uskunalari va texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini ishlab chiqarish, “Hozarasp” EIZda — sanoat vetrogeneratorlarini yig‘ishni tashkil etadi.

Toshkentda GE kompaniyasi Artel Engineering bilan birgalikda innovatsion tibbiy texnikalar (ultra tovush va rentgen uskunalari, sun’iy o‘pka ventilyatsiya jihozlari va elektrokardiograflar) ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Toshkent mexanika zavodi quvvatlarida elektr asinxron dvigatellar va yorug‘lik diodli yoritish uskunalarini ishlab chiqarish mo‘ljallangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют