» » Parkentdagi yopiq obyekt hisoblangan “Katta Quyosh pechi”dan bu tamg‘a olib tashlandi (foto)

Parkentdagi yopiq obyekt hisoblangan “Katta Quyosh pechi”dan bu tamg‘a olib tashlandi (foto)


Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Sodiq Azimov nomidagi “Fizika – Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining “Katta Quyosh pechi” mamlakatimizdagi eng noyob obyektlardan biri hisoblanadi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Manzura Bekchonova ma’lum qildi.

“Katta Quyosh pechi” avtomat boshqaruv tizimiga ega murakkab optik-mexanik kompleksdir. Bunday inshoot dunyoda ikkita bo‘lib, Fransiya va O‘zbekistonda mavjud. Jahondagi boshqa qurilmalarning quvvati va energiya zichligi juda past.

Bir necha yil oldin bu strategik obyekt yopiq hisoblangan. Hozir mazkur hududda ilmiy turizm yo‘nalishi rivojlantirilmoqda. Obyekt hamma uchun ochiq bo‘lib, turistlar, talabalar, ichki sayyohlar bemalol kelib, tomosha qilishi, o‘rganishi mumkin.

Materialshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Yo‘ldosh Sobirovga ko‘ra, “Katta Quyosh pechi” dengiz sathidan 1100 metr yuksakda joylashgan. Qurilma uchun tog‘li hududda yer maydoni portlatilib, 30 metr chuqurlikda temir-betondan poydevor qo‘yilgan. Konsentrator va texnologik minora joylashgan inshootning balandligi 60 metr. Uning tepasiga lift yordamida chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 11:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют