» » Roberto Firmino Chempionlar Ligasida gol urish bo‘yicha Saloh va Manega yetib oldi

Roberto Firmino Chempionlar Ligasida gol urish bo‘yicha Saloh va Manega yetib oldi


17-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinida “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino “Portu” darvozasini ishg‘ol qildi (1:4, ilk uchrashuv — 0:2).

Braziliyalik mersisaydliklar uchun Yevropa Chempionlar Ligasida o‘zining 14-golini urdi (saralash bosqichidan tashqari). Bu borada u Sadio Mane, Muhammad Saloh hamda “Liverpul” sobiq hujumchisi Ian Rashga yetib oldi.

Ta’kidlash joiz, Saloh “Liverpul”ning ikkinchi goliga, Mane esa birinchi goliga mualliflik qildi. Firmino esa Kasilyasni uchinchi bo‘lib ranjitdi.

Bu ko‘rsatkichda “Liverpul” sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard yetakchilik qilmoqda. U Yevrokuboklarda 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют