» » Nyu-York avtosalonida “2019-yil avtomobili” nomi e’lon qilindi

Nyu-York avtosalonida “2019-yil avtomobili” nomi e’lon qilindi


Nyu-Yorkdagi eng yirik avtomobil kompaniyalarining yutuqlari xalqaro ko‘rgazmasida Jaguar I-Pace elektromobili “2019-yil avtomobili” deb topildi, deya xabar beradi “TASS”.

Mazkur mashina “2019-yilgi eng ekologik toza avtomobil” (2019 World Green Car) va eng yaxshi dizayn (2019 World Car Design of the Year) uchun ham mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Jaguar I-Pace to‘liq quvvat bilan 376 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir. U 394 ot kuchiga ega bo‘lgan ikkita elektrmotor bilan jihozlangan. 96,5 kilometr tezlikni u 4,5 soniyada olish imkoniga ega.

“Yil avtomobili” mukofotining 15 yillik tarixda ilk bor bitta model bir vaqtning o‘zida uchta nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

O‘tgan yili eng yaxshi avtomobil nomiga Volvo XC60 sazovor bo‘lgan, 2017-yilda ushbu mukofot Jaguar F-Pace’ga, 2016-yilda Mazda MX-5, undan bir yil avval Mercedes-Benz C-Klass’ga nasib qilgan.

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan xalqaro avtosalon 1900-yildan buyon Nyu-Yorkdagi avtomobil dilerlari uyushmasi homiyligida o‘tkaziladi. Unda minglab Ford, Toyota, Subaru, Volkswagen, Acura, Rolls Royce va Cadillac avtomobillari namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют