» » Fransiyada Bashar Asadning amakisi sud qilinadi

Fransiyada Bashar Asadning amakisi sud qilinadi


Fransiyada Suriya prezidenti Bashar Asadning amakisi Rifat Asad sud oldida javob beradi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

U 90 million yevroga ko‘chmas mulk sotib olish uchun davlat pullarini sovurishda gumon qilinmoqda. Ishni Parij Oliy sudi ko‘rib chiqadi. Sud majlisi sanasi hali ma’lum emas.

Rifat Asad Suriyaning davlat xazinasi mablag‘i evaziga butun ko‘chmas mulk imperiyasini tuzgan. U soliqdan tushgan daromadlarni talon-toroj qilishda, fransuz xavfsizlik xodimlari hamda farroshlarni ro‘yxatga olishni rad etishda gumon qilingan.

Uning o‘zi aybini inkor etmoqda. So‘nggi vaqtda u ikkita mamlakatda —Fransiya va Buyuk Britaniyada yashamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют